22 Noyabr 2021 3994

Koʻmir mahsulotlarini talon-taroj qilayotgan shaxslar ushlandi

Joriy yilning 11-noyabr kuni Samarqand viloyat IIB Transportda XTBga kelib tushgan maʼlumotga koʻra, “Zirabuloq-Ziyovuddin” temir yoʻl bekatlari oraligʻida yuk poyezdi toʻxtaganligi toʻgʻrisida maʼlum qilingan.

Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, shu yilning 10-noyabr kuni soat 21:21 da “Zirabuloq-Ziyovuddin” temir yoʻl bekatlari oraligʻida “Maroqand-Tinchlik” yoʻnalishida harakatlanayotgan vagonlarda orasida koʻmir mahsulotlari ortilgan yuk poyezdi 3810 km.da qarama- qarshi yoʻnalishda kelayotgan yuk poyezdini oʻtkazib yuborish uchun toʻxtagan vaqtida, Samarqand viloyati Narpay tuman, “Doʻstlik” mahallasida yashovchi fuqarolar 1980-y.t. E.M. va 1982-y.t. M.Z. yarim ochiq vagondan 755 kg koʻmir mahsulotlarini talon taroj qilgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага