24 Noyabr 2021 264

Kompyuter klubiga oʻgʻri tushdi

2021-yil 19-noyabr kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1997-yilda tugʻilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 18-noyabr kuniga oʻtar kechasi, Namangan shahrida joylashgan kompyuter oʻyinlari doʻkonida hech kim yoʻqligidan foydalangan nomaʼlum shaxs, doʻkon eshigining qulfini buzib kirib, xonada boʻlgan umumiy narxi 7.000.000 soʻmlik 1 dona televizor, 2 dona “Playstation-3» oʻyin apparati va 4 dona oʻyin pultlarini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan.

Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari va HPMB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2001-yilda tugʻilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat boʻyicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 19-noyabr  kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага