15 Oktabr 2020 803

Konimexda "Lada Largus" haydovchisi tuyani urib yubordi

14 oktyabr` kuni soat 10:00 larda, Navoiy viloyati, Konimex tumani hududidan o'tuvchi A-379 avtomobil` yo'lining 81-kilometrida “Konimex-Zarafshon” yo'nalishida, haydovchi, 1965 yilda Navoiy viloyati, Navbahor tumanida tug'ilgan R.M. “Lada Largus” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib yo'lda harakatlanib ketayotgan (yuridik shaxsga tegishli bo'lgan) tuyani urib yuborgan.

Ushbu hodisa natijasida tan jarohati olgan yoki vafot etgan fuqarolar mavjud emas.

Zarb oqibatida tuya qurbon bo'lgan.

Mazkur holat yuzasidan Konimex tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

IIV YHXBB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага