19 Noyabr 2022 759

Kuch tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar oʻrtasida “Vatan mehri yuragimda” shiori ostida “Toʻmaris izdoshlari-2022” tanlovi boʻlib oʻtdi

Harbiy xizmatchi ayollarni maʼnaviy va intellektual saviyasini yanada yuksaltirish, kasbiy va jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish, ularning matonatini oshirish, sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan Kuch tuzilmalar – Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy Gvardiya hamda Davlat bojxona qoʻmitasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar oʻrtasida “Vatan mehri yuragimda” shiori ostida “Toʻmaris izdoshlari-2022” tanlovi oʻtkazildi.

Joriy yilning 7-10-noyabr kunlari Ichki ishlar vazirligi terma jamoasi tarkibiga kirgan 10 nafar xotin-qizlar Forish harbiy dala poligonida musobaqada ishtirok etishdi.

Musobaqaning tantanali oʻtkazilishida Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisi Z. Maxkamova, Mudofaa vazirligi jangovar tayyorgarlik boshqarmasi rahbariyati, vazirliklar boshlangʻich tashkilot raislari qatnashdilar.

Musobaqada 6 ta shart boʻyicha bellashuv boʻlib oʻtdi. Birinchi shart boʻyicha terma jamoa 4,8 ball (maksimal 5 ball) olishga muvaffaq boʻldi. Ikkinchi shartda esa, yaʼni estafeta yugurish boʻyicha 10 ball (maksimal 10 ball), uchinchi shartda tibbiy tayyorgarlik boʻyicha 5 ball (maksimal 20 ball), va nihoyat toʻrtinchi shart – MP dan otish mashqi 8,4 ball, AK dan otish mashqida 1 ballga ega boʻldi.

Soʻngra beshinchi shatda ayollar 50 metrga suzish boʻyicha oʻz tayyorgarliklarini koʻrsatib, 11 ball olishdi. Soʻnggi oltinchi shartda ishtirokchilar qay darajada oshpazlik mahoratiga ega ekanliklarini namoyon etishdi va 17 ball bilan taqdirlanishdi.

Musobaqa yakuniga koʻra, faxrli birinchi oʻrinni Mudofaa vazirligi, ikkinchi oʻrinni Milliy Gvardiya va uchinchi oʻrinni Ichki ishlar vazirligi terma jamoasi qoʻlga kiritdi.

Musobaqa gʻoliblariga diplom hamda oʻn million soʻmlik vaucher tantanali tarzda topshirildi.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага