29 Sentabr 2022 637

Kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari bilan bog‘liq holat YPX xodimi tomonidan aniqlandi

Joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 20:00larda Andijon shahar D.Eshon ko‘chasida xizmat olib borayotgan Andijon viloyati IIB JXX YHXB YPXB katta inspektori serjant O.Mo‘ydinov tomonidan shubxali tuyulgan Matiz rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganida, avtomashina salonida xaydovchi K.Q.ga tegishli bo‘lgan qora rangli polietilen selofanga o‘ralgan 40 dona “Tropikamed”, 8 dona kanvalyutada jami 112 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda Andijon shahar IIOFMB JQB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

IIV JXD YHXX Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага