16 May 2023 881

“Сlick” toʻlov tizimi xodimi sifatida tanishtirib firibgarlik sodir qilgan fuqarolar qoʻlga olindi

Toshkent shahar, Yunusobod tumanida yashovchi 21 yoshli S.N. ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum raqamdan oʻzini “Сlick” toʻlov tizimi xodimi deb tanishtirgan shaxs, jami 1.200.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini yashirin ravishda yechib olganligini maʼlum qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxslar Toshkent shahar M.Ulugʻbek tumanida yashovchi 31 yoshli V.M., 54 yoshli Yu.M. va 25 yoshli R.K.lar ekanligi aniqlandi.

Unga koʻra, V.M., Yu.M. va R.K.lar jinoiy maqsadlarini amalga oshirish uchun, fuqarolarga qoʻngʻiroq qilib, oʻzini “Сlick” toʻlov tizimi xavfsizlik xizmati xodimi deb tanishtirib, bank plastik kartasiga kiberhujum amalga oshirilayotganligini, fuqarolarni aldagan holda “SMS” maxfiy kodlarni qoʻlga kiritishga erishgan. Ushbu maxfiy kodlar yordamida fuqarolarning elektron pullarini, boshqa bank kartalari va kriptoxamyonlarga oʻtkazganliklari maʼlum boʻldi.

Jinoyat sodir etgan V.M., Yu.M. va M.X., R.K.lar Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi va boshqa moddalari bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

IIV Kiberxavfsizlik markazi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага