Magistratura tinglovchilari Xitoyda malaka oshirdi
16–29-may kunlari IIV Akademiyasining magistratura tinglovchilari Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida malaka oshirib qaytdi.
Oʻquv kursi davomida magistraturaning “tashkiliy-strategik boshqaruv” yoʻnalishida taʼlim olayotgan tinglovchilar uchun “Xitoy politsiya tizimi”, “Jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari”, “Rahbarlik qobiliyatini shakllantirish yoʻllari”, “Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda innovatsion yondashuvlar”, “Bir makon, bir yoʻl” tamoyili asosida politsiya tuzilmalari faoliyatiga yangi tendensiyalarni joriy qilish” va boshqa mavzularda interfaol mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Bundan tashqari, tinglovchilar ixtisoslashgan oʻquv markazlari va hududiy politsiya boʻlinmalari bilan tanishib, boshqaruvni samarali tashkil etish boʻyicha Xitoy tajribasining ilgʻor jihatlarini oʻrgandilar. Oʻquv kursi yakunida universitet rahbariyati ishtirokida tadbir oʻtkazilib, tinglovchilarga sertifikat topshirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati