25 Iyun 2022 470

Mahkumlar oʻtalmay qolgan axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazolarini oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi

2022-yil 22-iyun kuni Yangiyer shahar Navroʻzobod MFY binosida Jinoyat ishlari boʻyicha Yangiyer shahar sudi tomonidan sayyor sud majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda Yangiyer shahar IIB boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jami 9 nafar mahkum tayinlangan jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish haqidagi taqdimnomalari toʻplangan hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqildi.

Sayyor sud majlisida Yangiyer shahar prokurori yordamchisi O.Qobilov hamda Yangiyer shahar IIB Probatsiya guruhi katta inspektori A.Boqibekovning Yangiyer shahar IIB boshligʻining taqdimnomasini qanoatlantirish haqidagi fikrlari eshitilib, mahkumlar E.O, B.O, O.B, A.K, A.T, Sh.D, B.F, S.X, va Z.Elar tinglanib hamda ularning shaxsi inobatga olinib, shuningdek Jinoyat kodeksining 73-moddasida belgilangan jazo muddatini haqiqatda oʻtashganligini inobatga olib, Yangiyer shahar IIB boshligʻining taqdimnomalarini qanoatlantirish haqida ajrimlar chiqarildi.

Ajrimga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan yuqorida shartli ravishda ism-sharflari keltirilgan mahkumlar oʻtalmay qolgan axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazolarini oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. 

Shuningdek oʻtkazilgan sud jarayonida nazorat ostidagi shaxslar E.O, B.O, O.B, A.K, A.T, Sh.D, B.F, S.X, va Z.Elarga Jinoyat ishlari boʻyicha Yangiyer shahar sudining raisi J.Xaydarov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jazoning oʻtalmagan qismida qasddan yangi jinoyat sodir etgan taqdirda Jinoyat kodeksining 60-moddasiga asosan javobgarlik masalasi tushuntirildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага