19 Sentabr 2022 626

Mahorat darslari samarali boʻldi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutda “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida professor-oʻqituvchilar, xodimlar va Ichki ishlar organlarida uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash boʻyicha navbatdagi maxsus malaka oshirish oʻquv kurslarida “mayor” maxsus unvoni olish uchun tahsil olayotgan tinglovchilar bilan "Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish" mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.

Mashgʻulotni Institut Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi, podpolkovnik Jamshid Ravshanov, aloqa va axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda interfaol usullarda olib bordi. Tinglovchilarga Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, Murojaatlarning shakllari, Murojaatlarning turlari, Murojaatlarga qoʻyiladigan talablar, Murojaatlar va ommaviy axborot vositalari, Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, Murojaatlarni koʻrib chiqish tartiblari tushuntirildi.

Bahs-munozaraga boy boʻlgan mashgʻulotda tinglovchilar oʻzlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarga ega boʻldilar.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага