28 Sentabr 2022
636
Makkajoʻxori orasida 16 tup giyohvand oʻsimlik yetishtirgan shaxs nazorat tadbirida fosh etildi
Taʼkidlanganidek Toshkent viloyati boʻylab giyohvandlikning har qanday koʻrinishiga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda.
Xususan, “Qoradori-2022” doirasida Qibray tumani “Turkiston” mahallasida yashovchi 1972-y.t. fuqaro K.I. ga tegishli makkajoʻxori ekilgan er maydoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Koʻzdan kechirish davomida fuqaro yer maydonida makkajoʻxori bilan birgalikda jami 16 tup “marixuana” giyohvandlik oʻsimligini ekib (parvarishlab) kelayotganligi tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan aniqlanib, fuqaro protsessual tartibda ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan K.I. ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati