Maktab oʻqituvchisi onlayn qimor sababli hamkasbining bank kartasidagi pullarini oʻgʻirladi
Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanida istiqomat qiluvchi 1978-y.t., maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, fuqaro A.V., IIBga ariza bilan murojaat qilib, oʻzining bank kartasidan jami 1.545.000 soʻm pullar nomaʼlum shaxs tomonidan yechib olinganligini maʼlum qilib, jinoyatchiga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumanida yashovchi 1988-y.t. R.A., sodir etganligi aniqlangan.
R.A. jabrlanuvchi bilan bir maktabda ishlab turib, uning bank kartasi maʼlumotlari va sms-xabarnomasini qoʻlga kiritish orqali toʻlov tizimlaridan foydalanib barcha pullarni “1xBet” onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinga yutqazib qoʻyganligi maʼlum boʻldi.
S.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazi