6 Avgust 2022 847

Malaka oshirish kurslarida ochiq darslar

O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlari xodimlarining navbatdagi “podpolkovnik” maxsus unvonini olish uchun maxsus malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan  Maxsus kasbiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi podpolkovnik To‘lqin G‘ozibekov tomonidan "Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar" mavzusida ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Dars jarayonida institutning Mirzo Ulug‘bek o‘quv bazasida 5-6 guruh tinglovchilari va professor-o‘qituvchilar jami 31 nafar xodimlar ishtirok etdilar. Mashg‘ulot interfaol usulda olib borildi va bahs-munozaraga boy bo‘ldi.  

Shuningdek, institutning Bektemir o‘quv bazasida “Korrupsiya – ichki maʼnaviy tahdid” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Unda safdorlar va serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimiga tayinlash uchun qayta tayyorlash o‘quv kurslari tinglovchilari hamda o‘qituvchilar qatnashdilar. Maxsus fanlar kafedrasi dotsenti Dilmurod Muxamadaliyev mavzu bo‘yicha tinglovchilarga tushuncha berdi. Ochiq dars yana-da qiziqarli o‘tishi uchun tinglovchilar kichik guruhlarga bo‘linib, o‘qituvchi tomonidan tarqatma materiallar tarqatildi. Tinglovchilarning darsni yana-da yaxshi o‘zlashtirishi uchun mavzuga oid topshiriqlar berildi. Har bir guruh o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni aʼlo darajada bajarishga harakat qildilar. Ochiq dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanildi. Tinglovchilar mavzu bo‘yicha yetarlicha bilim va tushunchaga ega bo‘ldilar. Ayniqsa guruhlar orasida o‘tkazilgan o‘yinlar maroqli bo‘lib, talabalarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. Darsda ishtirok etganlar o‘qituvchining pedagogik mahoratiga yuqori baho berib,  o‘zlarining yaxshi fikr mulohazalarini bildirdi.  

Darhaqiqat, bu kabi ochiq o‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, o‘qitishning interaktiv metodlarini puxta ishlash va o‘quv jarayoniga joriy etish uchun tajriba maydoni, yosh pedagoglar uchun pedagogik mahorat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага