28 Sentabr 2022 498

Malibuʼda poytaxtga olib oʻtilayotgan 3 kg “gashish” Toshkent viloyatida ushlab qolindi

Toshkent viloyati IIBB hamda DXX Toshkent viloyati boshqarmasi hamkorligida Zangiota tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Poytaxtga olib oʻtilayotgan ogʻu fosh etildi.

Toshkent viloyati IIBB JQB hamda DXX Toshkent viloyati boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Zangiota tumanida oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri natijasida, 1991-y.t. fuqaro A.B. (Toshkent shahrida yashovchi) oʻziga tegishli boʻlgan Malibu avtomashinasida 2 kg 933 gr “gashish” giyohvandlik vositasini Termizdan Toshkent shahriga olib kelayotgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan B.R. ga nisbatan Zangiota tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага