18 May 2022
2202
“Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlashga moʻljallangan maxsus qabulxona zaxira binosini qurish”ga tender
OʻzR IIV Kapital qurilish va taʼmirlash boshqarmasi tender (tanlov savdolari) eʼlon qiladi. “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri hududida 75 oʻrinli maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlashga moʻljallangan maxsus qabulxona zaxira binosini qurish” (lot raqami 22411006010660) obyekti boʻyicha qurilish-pudrat tashkilotlarini tanlovni ishtirok etishni soʻraymiz. Moliyalashtirish manbai-Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet mablagʻlari hisobidan. Takliflar www.tender.mc.uz saytida 2022-yil 26-may kuniga qadar qabul qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli, 1-berk koʻchasi 1 uy. Tel: (71)-231-46-02
IIV Kapital qurilish va taʼmirlash boshqarmasi