6 Avgust 2022 517

Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash tizimi samaradorligiga qaratildi

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi” ijrosini taʼminlash borasida ichki ishlar organlari xodimlarini milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, vatanparvar, milliy qadriyatlarga sodiq barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlarini yana-da kuchaytirishga doir samarali chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Bu borada, mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi bayramini munosib kutib olish maqsadida ichki ishlar vazirining joriy yil 3 avgust kunidagi 174-sonli farmoyishiga asosan ichki ishlar tizimida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida joriy yilning 1 avgust kunidan 1 sentyabr kuniga qadarli “Vatanparvarlik oyligi”ni o‘tkazish eʼlon qilindi.

Shu o‘rinda, bugun, 5 avgust kuni ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov huzurida Buxoro viloyati IIBda Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xodimlari va IIV MMI va KBTD hamda barcha shahar-tuman IIB va sohaviy xizmat boshliqlarining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Bunda oylik doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlarni yuqori saviyada sifatli o‘tkazish maqsadida, yig‘ilishda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan masʼullar ogohlantirildi va kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага