27 Avgust 2021 3979

Mard o'g'lon! Unutmaydi Vatan sizni hech qachon

2001 yil Sho'rchi tumanida profilaktika inspektori lavozimiga tayinlangan kichik leytenant A.Safarov xizmat faoliyati davomida 2004 yil 16 iyul` kuni jinoyat sodir etib, qidiruvda bo'lgan shaxsni qo'lga olgan vaqtda jinoyatchi tomonidan ikki marotaba sanchilgan pichoq natijasida, voqea joyida halok bo'lgan...

Yurtimizda halol va pok ishlagan ichki ishlar organi xodimi borki, doimo e'tiborda. Xizmatlari e'tirof etilgan Aliqul Safarov 2018 yil “Jasorat” medali bilan mukofotlangan. Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi mas'ul xodimi Farrux O'sarov, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Shavkat Musurmonov hamda IIB xodimlari sobiq hamkasblari marhum A.Safarovning xonadoniga tashrif buyurdi.

Ayni vaqtda marhum Aliqul Safarovning farzandi Ikrom Xo'shboqov profilaktika inspektori vazifasida otasining kasbini davom ettirib, Vatan tinchligi va osoyishtaligi, halqining farovonligi yo'lida astoydil mehnat qilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага