24 Sentabr 2022 904

Margʻilon shahrida sariq metalldan ishlangan taqinchoqlarni tilla deb sotgan shaxs fosh boʻldi

2022-yilning 17-avgust kuni Sh.O. M.M. ismli ayolning ishonchiga kirib, narxi 1.000.000 soʻmlik tilla taqinchoqlarini sariq metalldan ishlangan qalbaki taqinchoqlarga almashtirib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага