14 Oktabr 2021 411

Margʻilon shahrida uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan kissavur qoʻlga tushdi

Margʻilon shahri. 10-oktyabr kuni M.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni nomaʼlum shaxs Qashqar m.f.y. hududida joylashgan bozorda kurtkasini choʻntagida boʻlgan narxi 1.400.000 soʻmlik “Redmi 9A” rusumli uyali telefon apparatini kissavurlik yoʻli bilan yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.J. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага