27 Iyul 2021 794

Marg'ilonda 21 ming dollarni sarflab yuborgan shaxs ushlandi

Marg'ilon shahar IIB Navbatchilik qismiga 2021 yil 21 aprel` kuni tushgan xabarga ko'ra, 2020 yilning oktyabr` oyida o'zini “Islombek” deb tanishtirib, firibgarlik yo'li bilan fuqaro Marg'ilon shahar, Temur malik ko'chasida yashovchi, 1987 y.t. S.Doniyorni ishonchiga kirib, unga arzon narxda, agar avtomashina olish uchun moddiy mablag'i etmasa ham, kelishuv (“Variant”) asosida “Malibu 2” rusumli avtomashina olib berishini aytib, undan 21.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, bergan va'dasini bajarmasdan aldov yo'li bilan qo'lga kiritgan va pullarini ehtiyoji uchun sarflab yuborgan. Sodir etilib fosh etilmay qolgan jinoyatni issiq izidan fosh etish, jazo muqarrarligini ta'minlash maqsadida Marg'ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan 21 aprel` kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Marg'ilon shahar IIB JQB xodimlari tomonidan noma'lum shaxsni aniqlash maqsadida olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida mazkur jinoyatni Marg'ilon shahar, “Orolbo'yi” MFYda yashovchi, 1991 y.t., muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan sudlangan K.Islombek  sodir etganligi aniqlandi.

Fuqaro K.Islombek og'ir turdagi jinoyatni sodir etib, firibgarlik yo'li bilan o'zganing mol-mulkini qo'lga kiritib Marg'ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo'linmasiga kelishdan bo'yin tovlab yashirinib yurgan. Marg'ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan shu kuni fuqaro K.Islombek gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan “Qamoq” ehtiyot chorasi qo'llanildi.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага