25 Iyun 2021 517

Marg'ilonda internet orqali skuter sotib olmoqchi bo'lgan shaxs pullariga aldandi

5 iyun` kuni M.Sh. IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning 15 yanvar` kuni noma'lum shaxs ishonchiga kirib, internet ijtimoiy tarmog'idagi “OLX.uz” sayti orqali skuterni 350 AQSh dollari evaziga sotishini, o'zini Marg'ilon shahrida yashashligini va pullarni plastik kartasi hisobiga o'tkazib berishini aytib, ishonchini suiiste'mol qilish yo'li bilan pullarni qabul qilib olib, skuterni yubormasdan aldov yo'li bilan qo'lga kiritgan pullarini o'z ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg'ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni O.I. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага