15 Yanvar 2022 4004

Marhum otasidan qolgan patronlarni topshirdi

Mirzaobod tuman IIB HPB profilaktika inspektori katta leytenant Sh.A.Egamberdiyev taqdim etgan maʼlumotga asosan, 2022-yil 11-yanvar kuni Mirzaobod tumani IIBga ariza bilan Mirzaobod tumani, “Doʻngariq” mahallasi, Paxtaobod koʻchasida yashovchi Sh.R murojaat qilib, arizasida shu kuni yashash uyi va qoʻshimcha xoʻjalik binosini tozalab tartibga keltirayotgan vaqtida, qoʻshimcha xoʻjalik binosida eski sandiq ichida matoga oʻralagan holda hech qanday hujjatlarsiz ov patronlari topib olganligi,ushbu ov patronlari 2007-yil 14-oktyabr kuni vafot etgan otasi Sh.U.dan qolgan 6 dona ov patronlarini topib olganligini maʼlum qilib, ushbu ov patronlari hech qanday hujjati yoʻq boʻlgani sabab ov patronlarini oʻz ixtiyori bilan topshirish uchun tuman IIBga xabar berganligi, EKBning xulosasiga koʻra, fuqaro Sh.R.dan olingan 2 dona qoʻl bola usulda toʻldirilgan patronlar 16 kalibrli ov miltiqlaridan otish uchun moʻljallangan 16 kalibrli ov patroni hisoblanib taqdim etilgan holatda oʻq dorilar turiga kiradi va otish uchun yaroqli ekanligi koʻrsatilgan. 

Marhum Sh.Uning harakatlarida Jinoyat kodeksining 248-moddasida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʻlsada, uning vafot etganligi sababli toʻplangan hujjatlar Jinoyat-protsessual kodeksning 84-moddasi 1-qismi 3-bandiga asosan, jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad etish qarori qabul qilingan.

Eslatib oʻtamiz: Oʻz uyida noqonuniy ravishda ov qurolini saqlab kelayotgan fuqarolar ixtiyoriy tarzda Ichki ishlar boʻlimlariga keltirib topshirsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishlari qonunda belgilab qoʻyilgan.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага