17 Noyabr 2021 3981

Markaziy bank yetakchi mutaxassis lavozimida ishlovchi shaxs pora bilan qo‘lga olindi

2021-yil 16-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIVga E. N. B. ariza bilan murojaat qilib, arizada uy olish maqsadida yurgan vaqtida “N” ismli shaxs bilan tanishib qolganligini, ushbu shaxs unga oʻzini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ishlashini aytib, unga “subsidiya” tartibida uy olib berishini, uy olish uchun hozirda navbat koʻp ekanligini, hokimiyatda ishlovchi tanishlari orqali uni 2022-yil fevral oyi roʻyxatiga qoʻshishini, evaziga 2.000 AQSH dollari talab qilib kelayotganligini bayon qilishib, qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi DXX, Toshkent viloyat Prokuraturasi hamda IJQK Departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, K. N. R. Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Toshkent MFY hududidagi “Metallurgiya zavodi” tashqi tomonida ariza muallifidan talab qilgan 2.000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan, 2021-yil 16-noyabr kuni Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro N.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV JQBB KvaIJQKB

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага