“Markaziy Osiyoda zoʻravonlik ekstremizmining oldini olish” dasturi doirasida mashgʻulotlar oʻtkazildi
1–3-fevral kunlari IIV Akademiyasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan navbatdagi seminar-trening oʻtkazildi.
“Markaziy Osiyoda zoʻravonlik ekstremizmining oldini olish” dasturi doirasida tashkil etilgan mashgʻulotlarda IIV sohaviy xizmatlari vakillari, Malaka oshirish instituti va Akademiya professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.
Xalqaro mutaxassislar tomonidan “Oʻzbekistonda bolalarga nisbatan odil sudlovni qayta tiklash”, “Bolalarga nisbatan sodir etiladigan zoʻravonlik ekstremizmi” singari mavzular atroflicha yoritilib, ilgʻor tajribalar almashildi.
Shuningdek mashgʻulot doirasida qizgʻin fikr almashilib, munozarali savollar yuzasidan ishtirokchilarning mulohazalari tinglandi. Yakunda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirokida sertifikatlar topshirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati