13 Oktabr 2021 228

Mashgʻulotlar davom etmoqda

Joriy yilning 5-oktyabridan hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari ishtirokidagi mahorat darslarining ikkinchi bosqichi boshlandi.

Oʻquv rejasiga binoan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Buxoro, Andijon, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari IIBlari mutasaddilari qatnashgan mashgʻulotlarda hududlarning kriminogen vaziyati, sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar dinamikasi, ularning ijtimoiy xavflilik darajasi va koʻrsatkichlari, ayrim mudhish jinoyatlarga imkon berayotgan shart-sharoitlar tahlil qilinib, taʼlim jarayonida nazariya hamda amaliyot uygʻunligining oʻziga xos jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Mutaxassislarning fikricha, onlayn mashgʻulotlar kunduzgi taʼlim bakalavriatining tegishli hududdan jamlangan kursantlarida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish boʻyicha boshlangʻich koʻnikmalarni shakllantirmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага