11 Iyun 2021 425

Mashina savdosi bilan shug'ullangan firibgarning firibi fosh etildi

Uzun tumanida 2021 yilning 1 may kuni, tumanning “Yangiro'zg'or” mahallasida yashovchi, X.Raxmonali tuman IIBga ariza bilan murojaat etib, unda 2021 yil 5 mart kuni  tumanning “Obizarang” mahallasida yashovchi, Q.Parviz uning “VAZ-2104” rusumli avtoulovini 33.000.000 (o'ttiz uch million) so'm evaziga sotib olishini va'da qilib, pulini 20 mart kuniga qadar berishini aytib, aldab, o'zlashtirib ketganligini bildirgan. 

Bundan tashqari, 2021 yil 3 may kuni tumanning “Navro'z” mahallasida yashovchi, uy bekasi, F.Xayitxol arizasida, Q.Parviz 17 aprel` kuni, uning “VAZ-2105” rusumli avtoulovini 13.000.000 (o'n uch million) so'mga hisoblab olib, pulini bermasdan boshqa shaxsga sotib yuborganligini bildirgan. 

18 may kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan fuqaro Q.Parvizga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-3-qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага