22 Oktabr 2021 3978

Mast holatda kasalxonada shifokor bilan tortishgan shaxsga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi

2021-yil 19-oktyabr kuni Payariq tumani, “Istiqlol” mahallasida yashovchi 1993-y.t. D.E. tuman markaziy shifoxonasiga mast holatda kelib, shu yerda davolanayotgan bemorlar hamda xizmat vazifasini bajarayotgan shifokorlarning tinchligini buzib shovqin koʻtargan.

Shu payt shifokor U.X. uni tinchlantirib tartibga chaqirganida, D.E. uning egnidagi kiyimidan tortib jamiyatda oʻrnatilgan yurish-turish qoidasini qasddan mensimaslikda ifodalangan xatti-harakatlar sodir etgan.

Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, toʻplangan hujjatlar Payariq tumani jinoyat ishlari boʻyicha sudiga taqdim qilingan.

2021-yil 21-oktyabr Payariq tumani jinoyat ishlari boʻyicha sudi tomonidan  fuqaro E.D. Jinoyat kodeksining 183-moddasiga asosan aybli topilib, 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага