22 Yanvar 2022 538

Masʼul kuzatuvchilarsiz yurgan bir guruh voyaga yetmaganlarning ota-onalariga nisbatan qonuniy chora koʻrilmoqda

Shahrisabz, Qamashi va Yakkabogʻ tumanlari hududida voyaga yetmaganlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ular tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish borasida ichki ishlar organlarining psixolog-inspektorlari salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, joriy yilning 20-yanvar kuni tumanlar hokimligi, prokuraturasi, XTB, yoshlar agentligi va tuman IIB VEBIG inspektor-psixologlari hamkorlikda tungi reyd tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirlarda aniqlangan masʼul kuzatuvchilarsiz yurgan bir guruh voyaga yetmaganlarning ota-onalariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga asosan, oshxona, kafe-bar va kompyuterxona egalariga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 188-2-moddasiga asosan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Tumanlarda voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish yuzasidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага