Masʼullar tomonidan voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazida saqlanayotgan bolalarning muammolari o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 490-sonli Qarorining ijrosi taʼminlash maqsadida, Surxondaryo viloyat hokimining o‘rinbosari Z.A.Xidirova, viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i S.Ya.Hamidova, viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i mayor A.A.Xudoyberdiyev va viloyat IIB JXX HPB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik O‘.J.Eshimovalar ishtirokida viloyat IIB tasarrufida bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Ushbu markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning har biri bilan alohida suhbat olib borilib, suhbat davomida ular bilan bog‘liq bo‘lgan muammolari o‘rganildi. O‘rganish davomida, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati