Mehmondorchilikka kelgan shaxs oʻgʻrilik qildi
Surxondaryo viloyati Denov shahrida yashovchi 60 yoshli Sh.X. murojaat qilib, plastik kartasidagi 400 ming soʻm pullar oʻgʻirlanganligini bildirgan.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, Sh.X.ning uyiga oʻgʻlining doʻsti 26 yoshli Yu.O. mehmondorchilikka kelib, telefon raqamiga 10.000 soʻm paynet qilib olish uchun deb, Sh.X.ning qoʻl telefonini aldab olib, “CLICK” ilovasi orqali 10.000 oʻrniga 400 ming soʻm miqdoridagi pullarni yechib olganligi aniqlandi.
Mazkur holat boʻyicha Yu.O. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.
Qonunga muvofiq, Yu.O. sodir etgan jinoiy harakatlari uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
IIV Kiberxavfsizlik markazi