15 Yanvar 2022 4018

Metropolitenda oʻgʻrilik qilgan shaxs aniqlanib ushlandi

9-yanvar kuni Metropolitenda XTB Navbatchilik qismiga kelib tushgan maʼlumotga koʻra 1997-y.t. Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, T.Axmedov koʻchasida doimiy roʻyxatda turuvchi fuqaro S.M. murojaat qilib, shu kuni metroning “Xalqlar Doʻstligi” bekatida vagonda harakatlanib ketayotgan vaqtida, unga tegishli “Samsung S2» rusumli uyali telefon apparatini bir nomaʼlum shaxs kissavurlik yoʻli bilan oʻgʻirlab olgani haqida xabar qilingan.

Olib borilgan tadbir davomida ushbu fuqaro 1986-y.t. Toshkent shahri Olmazor tumani Sebzor mavzesida yashovchi A.O. ekanligi aniqlanib, uning yonidan fuqaro S.M.ga tegishli “Samsung S2» uyali telefon apparati xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida olib qoʻyildi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага