29 Sentabr 2022 1496

Milliy liboslarimizga ehtirom

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan 2022 yil 28-29-sentyabr kunlari “Xonatlas–2022” festivali tashkil etilmoqda. Tadbirdan asosiy maqsad milliy libosda xalqimizning ming yillik o‘tmishi, urf-odat va anʼanalari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etishdan iborat.

Mazkur festival doirasidagi tadbirlarga Ichki ishlar organlari tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar jamoasi tomonidan ham tadbir g‘oyalari qo‘llab-quvvatlanib, ikki kun davomida tizimidagi ayollar milliy anʼanalarimiz ramzi bo‘lgan atlas va adrasdan tikilgan milliy liboslarda xizmatga kelishib, bunday mato va liboslarimiz o‘z qadrini yo‘qotmaganini namoyon etishmoqda.

Siz harbiy formada ko‘rishga odatlangan ichki ishlar ayollari milliy liboslarda yana-da maftunkor, yana-da jozibali qiyofa kasb etishdi.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага