20 Dekabr 2021 5293

Mingbuloq tumanida ekspert-kriminalistika boʻlimi xodimlari jinoyatchini fosh etdi

Shu yil 12-dekabr kuni, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1967-yilda tugʻilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 12:00 dan soat 18:00 ga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida nomaʼlum shaxs, yashash uyi eshigini buzib kirib, xonadonida boʻlgan sumkasi ichidan 300 AQSH dollari va 160.000 soʻm pullarini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilib, chora koʻrishni soʻragan.

Mingbuloq tuman IIB EKB eksperti tomonidan hodisa joyini koʻzdan kechirish jarayonida olingan 7 dona qoʻl barmoq izlari Namangan viloyati IIB EKBning shaxsni identifikatsiya qilish tizimi orqali tekshirilganda, 2 dona barmoq izlari, Mingbuloq tumanida yashovchi, 2003-yilda tugʻilgan fuqaroni oʻng qoʻl bosh barmogʻi va koʻrsatkich barmogʻiga mos kelganligi aniqlanib, tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida taxminlar tasdigʻini topdi.

Ushbu holat boʻyicha Mingbuloq tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan 2021-yil 14-dekabr kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага