29 Iyun 2022 594

Mirobod tumanida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi boʻlib oʻtdi

Yaqinda Mirobod tumani hokimiyati binosida Mirobod tumani IIO FMB Probatsiya guruhi tashabbusi bilan tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi hamkorligida, probatsiya hisobida turgan ishsiz, nazorat ostidagi shaxslarni ish bilan taʼminlash yuzasidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi. 

Tadbirning eng asosiy vazifalaridan biri ishsiz shaxslarni bandligini taʼminlash, shu bilan birga ularning muammolariga yechim topish.

Bu yarmarkaga Sogʻliqni saqlash vazirligi avtoxoʻjaligi, Ruhiy kasalliklar shifoxonasi, Toshkent suv taʼminoti korxonasi masʼul xodimlari va boshqa korxona-tashkilotlar oʻzlaridagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari yuzasidan qatnashdilar.

Ushbu tadbirga probatsiya hisobida turgan 50 dan ziyod nazorat ostidagi shaxslar qatnashib, ulardan 11 nafari shu joyni oʻzida ishga kirish istagini bildirib, hujjatlar rasmiylashtirish uchun korxonaga taklif etildi.

Shu kabi ishlar boshqa tumanlarda ham olib borilmoqda.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага