9 May 2020 1186

“Mirzaobod tumanida chorva mollari o'g'irlanmoqda” tanganing ikkinchi tomoni aslida vaziyat qanday

Sardoba tumani hududida joylashgan Sardoba suv ombori to'g'onining bir qismi o'pirilishi natijasida suv toshqini natijasida zudlik bilan “Murojaatlar qabul qilish markazi” tashkil etilib suv toshqini natijasida talofat etgan hududlar istiqomat qiluvchi fuqarolardan kelib tushgan xar qanday xabarlar qabul qilinib kelinmoqda. 

Biroq, el boshiga shunday tashvish tushgan bir paytda ayrim nosog'lom fikrga ega bo'lgan fuqarolar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda, qolaversa, aholi orasida turli norasmiy ma'lumotlar, yolg'on xabarlar, jumladan, Mirzaobod tumanida fuqarolarning mol-mulki, chorva mollari talon-taroj bo'layotganligi haqidagi mish-mishlar tarqaldi. eng achinarlisi xozirda chet-el davlatlarida bo'lib turgan fuqarolarimiz tomonidan ham ushbu xabarlarni bilib bilmay tarqatilayotganligidir. Lekin shu vaqtga qadar fuqarolar tomonidan IIBga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ushbu mazmundagi murojaatlar kelib tushmagan. Ma'lumot o'rnida, falokat yuz berib, aholisi evakuatsiya qilingan hududlar ichki ishlar organlari tomonidan to'liq nazoratga olinib, xavfsizligi ta'minlanmoqda. Inkor etib bo'lmaydi, ushbu baxtsiz hodisa oqibatida og'ilxonalarda bog'langan holda qolgan yoki suv toshqini orqali chiqib ketish imkoni bo'lmagan joylarda qolgan 3743 ta chorva mollari nobud bo'lgan.

4274 chorva mollari xavfsiz hududlarga ko'chirilib o'z egalariga topshirilmoqda. Xozirda Mirzaobod tumaning Navbaxor mahallasi beda maydonida 200 dan ortiq chorva mollari Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo'riqlovga olingan. CHorva mollarini yo'qotgan (o'g'irlatgan) fuqarolarimizdan ushbu manzildan kelib chorva mollarini olib ketishlarini so'raymiz. 

Ma'lumot o'rnida chorva mollari saqlanayotgan maydonda to'siq postlar tashkil qilingan. Mazkur postda chorva mollarini olib ketayotgan har bir yuk mashinasi va piyodalar nazoratdan o'tkazilib, ushbu mulk aynan shu fuqaroga tegishli ekanligi sinchiklab o'rganilib, jarayon foto va video tasvirga olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan so'ngina chorva mollari o'z egalariga qaytarilmoqda. Bu orqali chorva mollari va boshqa narsa-buyumlar tuman hududidan noqonuniy olib chiqilishining oldi olinayapti. 

Ushbu sinovli kunlar Sirdaryo ahlini yanada birlashtirdi. “Birmiz, birgalikda engamiz!” degan hayqiriq umumxalq harakatiga aylandi. Qo'shni viloyatlardan, chegaradosh va xorijiy davlatlardan gumanitar yordamlar kelib turgan bir paytda asl Sirdaryoliklar o'z xalqiga, uning moliga, mulkiga, omonatiga xiyonat qilmaydi, aksincha, uni ko'z qorachig'idek asraydi. Sirdaryoliklar ana shunday hamjihat, ana shunday oqibatli xalq. 

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага