15 Yanvar 2022 4006

Muborak tumanida yoshlar va fuqarolar bilan sayyor qabul oʻtkazildi

Аvval xabar berganimizdek, Muborak tumani IIBda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari polkovnik Jasurbek Аtaev tumanda yashovchi yoshlar va fuqarolar bilan sayyor qabul oʻtkazdi. 

Unda 30 nafar yoshlar va fuqarolarning ish oʻrni va bandligini taʼminlash, kundalik turmushda uchrayotgan maishiy va boshqa muammolari boʻyicha 12 ta murojaati tinglandi.

Sayyor qabulda murojaatlarning 4 tasi ijobiy hal etildi. Mablagʻ va vaqt talab etadigan 8 murojaat esa nazoratga olinib, masʼullarga ijro uchun yuborildi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan ikki nafar fuqarolarga ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага