Muddatli harbiy xizmatchilar "Qatag‘on qurbonlari" muzeyiga sayohat qildilar
Joriy yilning 1-avgust kunidan 1-sentyabr kuniga qadar Ichki ishlar vazirligi tizimida "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!" shiori ostidagi “Vatanparvarlik oyligi” o‘tkazilmoqda.
Oylik doirasida tizimning barcha tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida sport musobaqalari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, shuningdek intellektual o‘yinlar o‘tkazilmoqda.
Xususan kuni kecha Aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qo‘shinlari harbiy qismi shaxsiy tarkibi bilan harbiy xizmatchilar o‘rtasida vatanparvarlik ruxini kuchaytirish va dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish maqsadida "Qatag‘on qurbonlari" muzeyiga sayohat amalga oshirildi. Muzeyga tashrif buyurgan muddatli harbiy xizmatchilar muzey tarixi va undagi qadimiy eksponatlar bilan yaqindan tanishib, urushdan so‘zlovchi hamda unda ishlatilgan qurol-aslaha, shuningdek kiyim-kechaklarni tomosha qildilar. Muzey xodimlari tomonidan harbiy xizmatchilarga turli qiziqarli hamda tarixiy maʼlumotlar berildi.
Umumiy olganda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida "Qatag‘on qurbonlari" muzeyiga uyushtirilgan ekskursiya muddatli harbiy harbiy xizmatchilarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.