29 Sentabr 2022 818

“Muloqot psixologiyasi va muomala madaniyati”

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari, bosh psixologi va mutaxassis psixologlar ishtirokida Xorazm viloyati IIB xodimlari bilan “Muloqot psixologiyasi va muomala madaniyati” mavzusida seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Uch kun davom etgan seminarda ichki ishlar organlari xodimlarining muomala madaniyati va etikasiga professional yondashishlariga eʼtibor berilib,  ularning malakaviy ko‘nikmalarini oshirishga alohida ahamiyat qaratildi.

Ushbu seminar-treningda psixolog mutaxassislar tomonidan “Muloqot psixologiyasi va muomala madaniyati” tushunchasi, uning asosiy jihatlari, ko‘rinishlari, yuzaga kelgan turli xil stress vaziyatlarda  o‘z-o‘zini boshqarishning psixologik omillari xususida fikr yuritildi. Bugungi kunda Ichki ishlar organlari xodimlarining psixologik tayyorgarligi, xodimlar hamda fuqarolar o‘rtasidagi ziddiyatlar va ularga sabab bo‘layotgan psixologik omillar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Mavzuga doir tayyorlangan taqdimot orqali ko‘rsatilgan har bir holat va izohlar tinglovchilarning trening mashg‘ulotiga bo‘lgan qiziqishini yana-da oshirdi.

Shuningdek, trenerlar tomonidan tinglovchilarga xizmat jarayoni davomida as qotadigan zarur psixologik tavsiya va tushunchalar berilib, ularni amaliyotda qo‘llash borasida kerakli maslahatlar berildi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javoblar olishdi hamda psixologlar tomonidan olib borilgan interfaol o‘yinlarda faol ishtirok etishdi.

Seminar-trening qiziqarliligi va muhimligi bilan tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага