15 Sentabr 2021 710

Munozaralarga boy mashgʻulot

Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tuman sudi sudyalari ishtirokida oʻtkazilgan binar maʼruza kursantlarning jinoyat-protsessual qonunchilikni amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini mustahkamladi.

Mashgʻulotda sud muhokamasining ahamiyati, uning tuzilishi va mazmuni, hukm va uning turlariga oid masalalar keng muhokama qilindi. Xususan, hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi hamda adolatliligini tekshirishning umumiy shartlariga oid mulohazalar bildirildi.

Mutaxassislar amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarga toʻxtalib, sohani takomillashtirish dolzarb yoʻnalishlari yuzasidan kursantlar bilan fikr almashdilar.

IIV Аkademiyasi Аxborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага