27 Aprel 2023 925

Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan IIV Namangan akademik litseyi oʻquvchilari bilan yoʻl transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi

Unda yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan oʻzgarishlar, viloyatda sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari statistikasi, mazkur salbiy oqibatlarga olib kelayotgan holatlar va ularning oldini olish choralari muhokama qilindi.

Soʻnggi paytlarda yoshlar tomonidan qoida-buzish holatlari koʻplab uchrayotgani taʼkidlanib, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmay turib, avtomashina boshqarishga qiziquvchi yoshlarga bu yoʻlning yakuni yaxshilik bilan tugamasligi qatʼiy tushuntirildi va ayni shu mavzuda tayyorlangan maxsus film yigʻilganlarga namoyish etildi.

Shuningdek, oʻquvchilar ishtirokida treninglar oʻtkazilib, ularning yoʻllardagi harakat qoidalari va qoidabuzarlik holatlariga munosabatlari oʻrganildi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага