Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan NamMTI talabalari bilan yoʻl transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi
Unda yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan oʻzgarishlar, viloyatda sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisalari statistikasi, mazkur salbiy oqibatlarga olib kelayotgan holatlar va ularning oldini olish choralari muhokama qilindi.
Soʻnggi paytlarda talabalar tomonidan ham qoida buzish holatlari koʻplab uchrayotgani taʼkidlanib, yuqori tezlikda harakatlanishga qiziquvchi yoshlarga bu yoʻlning yakuni yaxshilik bilan tugamasligi qatʼiy tushuntirildi va ayni shu mavzuda tayyorlangan maxsus film yigʻilganlarga namoyish etildi.
Uchrashuvdan soʻng, avtohalokatga uchragan transport vositalarining avtokarvoni institut hovlisida harakatlantirildi hamda avtomashinalarning shu holga kelib qolishiga sabab boʻlgan omillar haqida maʼlumotlar berildi.
Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati