27 May 2023 662

Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan Namangan muhandislik-qurilish instituti oʻqituvchi va talabalari ishtirokida yoʻl transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi

Uchrashuvda joriy yilning shu vaqtiga qadar viloyat hududida sodir etilgan avtohalokatlar, ularning kelib chiqish sabablari va ayanchli oqibatlari haqida batafsil maʼlumotlar berilib, bu kabi hodisalarni oldini olish uchun harakat vaqtida qonun qoidalarga boʻysunish, haydovchi va piyodalarning yoʻldagi madaniyatini oshirish lozimligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, avtomashina boshqaruv vaqtida amal qilish lozim boʻlgan jihatlarga alohida toʻxtalib, bu borada inspektorlar talaba va oʻqituvchilarga zarur tavsiyalarni berishdi.

Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага