27 Iyul 2021 4214

Namanganda firibgar fuqaroning qo'ylarini sotib yubordi

Joriy yil 17 iyul` kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1985 y.t. fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yilning noyabr` oyida tanishi, Yangiqo'rg'on tumanida yashovchi, 1985 y.t. fuqaro uni ishonchiga kirib, Namangan shahrida joylashgan qo'yxonasidagi 42 bosh qo'ylarini har birini 3.050.000 so'mdan jami 128.000.000 so'mga kelishib, pullarini bir haftada berishini aytib, qo'ylarini olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini o'zini shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko'rishni so'ragan.

Ushbu holat bo'yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan 2021 yil 26 iyul` kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага