19 May 2021 222

Namanganda o'tkazilayotgan “Qoradori-2021” tadbirida uyida “Ko'knor” etishtirayotgan fuqaro aniqlandi

Joriy yil 12 may kuni o'tkazilayotgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida, To'raqo'rg'on tuman IIB HPB profilaktika inspektori, JQB boshlig'i va tezkor vakillari tomonidan, To'raqo'rg'on tumanida yashovchi, 1938 yilda tug'ilgan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganida, hovlisidagi ekinlari orasida 1 tup ko'knor o'simligi o'xshash o'simlikni ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB eKBning xulosasiga ko'ra, ushbu o'simlik tarkibida giyohvand modda saqlovchi “Ko'knor” o'simligi ekanligi ko'rsatilgan.

Ushbu holat bo'yicha To'raqo'rg'on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O'z.R JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyati ishi qo'zg'atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага