23 Dekabr 2020 1018

Namanganda tan jarohati etkazgan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi

Namangan. 2020 yilning 18 dekabr` kuni soat 22:45 da Namangan shahar, "Porloq" mahallasi, 3-kichik tumanida joylashgan "Karavan" nomli kafe hovlisida 21 yoshli Sherzod X., jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, atrofdagilarni tinchini buzib, o'tkir kesuvchi jismni namoyish qilib, uni qo'llab, 24 yoshli Ibroxim G'.,ni urib-do'pposlab, tan jarohati etkazgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko'ra, Ibroxim G'.,ning tanasida  "qorin old devori, qorin bo'shlig'iga kirib boruvchi, o'tkir predmetdan sanchilgan-kesilgan" tan jarohatlari “og'ir” tan jarohatlari turkumiga kirishi aniqlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida Namangan shahrida joylashgan "Karavan" nomli kafesi tashqi hovlisiga o'rnatilgan kuzatuv kamerasiga yozilgan videotasvirlar bayonnoma orqali ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Sherzod X., ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “E” bandi (qasddan badanga og'ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Sherzod X., Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “E” bandi bilan sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan hamda unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan. So'roq jarayonida, Sherzod X., fuqaro Ibroxim G'.,ga tan jarohati etkazgan pichoqni kanaldagi suvga tashlab yuborganligini ma'lum qilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага