30 Yanvar 2023 835

Navbatdagi oʻquv kursi yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz oʻquv-karyera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash boʻyicha Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi boʻlim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshligʻining oʻrinbosari lavozimiga tayinlanish uchun zaxiraga olingan xodimlar uchun maxsus malaka oshirish oʻquv kurslarida 10 nafar, ichki ishlar organlarining turli sohaviy xizmatlaridan 123 nafarga yaqin xodimlar “mayor” maxsus unvonini olish yoʻnalishida oʻquv tayyorgarlikdan oʻtkazildi.

Uzluksiz oʻquv-karyera tizimida oʻquv jarayonlari davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv dasturlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida amalga oshirildi.

Oʻquv kursi yakunida komissiya tarkibida oʻtkazilgan sinov va imtihonlarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.

Oʻquv jarayoni bilan birga mashgʻulotlardan keyin Oʻzbek milliy akademik drama teatriga, “Vatan manzumasi” nomli konsert dasturiga, “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga, hamda Oʻzbekiston Respublikasi IIV ichki ishlar organlari tarixi muzeylariga tashrif buyurdilar hamda eksponatlar tarixi bilan yaqindan tanishdilar.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага