10 Oktabr 2021 671

Navbatdagi oʻquv kurslari bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi

Barchamizga yaxshi maʼlumki soʻnggi yillarda, Ichki ishlar organlari tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va fuqarolik institutlari bilan hamkorlik oʻrnatilib, jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini taʼminlashning mutlaqo yangi tizimi yaratildi.

Muhtaram Prezidentimizning 2018-yil 4-dekabrdagi F–5408-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishi asosida Ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari Qoraqalpogʻiston Respublikasi tajribasi sifatida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugida tashkil etilgan edi.

Oʻquv kurslarning asosiy maqsadi – xodimlarning maʼnaviy-vatanparvarligini yanada oshirish, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash boʻyicha vazifalarni hal etishda Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari va Milliy gvardiya xodimlari va harbiy xizmatchilarining uzviy hamkorligini tashkil etish, ularda jamoaviylik, uyushqoqlik hamda vazifalarni bajarishda daxldorlik tuygʻularini shakllantirish tizimini takomillashtirishdir. 

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasi tomonidan tasdiqlangan qoʻshma oʻquv dasturiga muvofiq, oʻquv kurslari davomiyligi 14 kundan 30 kunga uzaytirildi. Oʻquv kurslariga jalb etilayotgan tinglovchilar soni 60 nafarni tashkil etib, tinglovchilar 4 ta guruhga (ofitserlar guruhi hamda serjant-safdorlar guruhlari) boʻlinishi belgilab olindi. 

Joriy yilning 9-oktyabr kuni 2021-yilning 9-oʻquv yigʻining tantanali bitiruv tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik I.Axmedov Shimoliy-Gʻarbiy harbiy okrugi 21311-sonli harbiy qism shtab boshligʻi podpolkovnik I.Umarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Faxriy kengashi raisi isteʼfodagi podpolkovnik F.Sankibayevlar ishtirok etishdi.

Tadbirda, oʻquv kurslari bitiruvchilariga sertifikatlar va faxriy yorliqlar ravishda topshirildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага