29 Sentabr 2022 589

Navoiy akademik litseyi o‘quvchisi karate bo‘yicha Osiyo chempionatida III-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Navoiy akademik litseyi 204-guruh o‘quvchisi Jasur Shoxnazarov Yaqinda Qozog‘iston Respublikasining Janoazen shahrida o‘tkazilgan sportning “Kiokushinkay karate” turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etib faxrli III o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Jasurjon Shoxnazarov shu kunga qadar sportning ushbu turi bo‘yicha 8 karra viloyat chempionatlarida 1-o‘rinni egallagan, 5 karra O‘zbekiston chempionligini, 2 karra Xalqaro turnir g‘olibi, jahon chempioni, Respublika miqyosida o‘tkazilgan bir qator turnirlar va O‘zbekiston kubogi sohibi hisoblanadi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага