4 Aprel 2023 395

Navoiy shahrida haydovchilar bilan targʻibot ishlari olib borilmoqda

Navoiy shahar IIB YHXB xodimlari tomonidan «Xavfsiz hayot uchun» oyligi doirasidagi tadbirlar uzviy davom ettirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 4-aprel kuni YPX inspektorlari yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi haydovchilar bilan profilaktik suhbat olib bordi. Haydovchilarga burch va majburiyatlar eslatib oʻtilib, tezlikni oshirish, svetofor ishoralariga amal qilmaslik, piyodalarga yoʻl bermaslik, charchoq oqibatida rul boshqaruviga oʻtirish, qarama-qarshi harakatlanish kabi qoidabuzarliklar taʼsirida yuzaga kelayotgan ayanchli avtohalokatlar tahliliy misollar asosida tushuntirildi.

Jarayonda haydovchilarni hushyorlikka va ogohlikka chaqirish maqsadida maxsus buklet va flayerlar tarqatildi.

Navoiy viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага