22 Oktabr 2021 570

Navoiy viloyati IIB boshligʻining navbatdagi sayyor qabuli Karmana tumanida boʻlib oʻtdi

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining navbatdagi sayyor qabuli Karmana tumanida boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuv davomida 30ga yaqin murojaatlar qabul qilindi. Kelib tushgan murojaatlarning aksariyatini xususiy tadbirkorlik, uy-joy olish, subsidiya ajratish, ishsizlik, kadastr, taʼlim krediti ajratish kabi muammolar tashkil qiladi. 

Sayyor qabulda qatnashgan Oygul Zaripova subsidiya asosida uy-joy olish masalasi boʻyicha murojaat qildi. Mazkur masalada unga qanday meʼyoriy hujjatlar kerakligi tushuntirildi. 

Yana bir fuqaro Dilbar Xolovaning uy joyini kadastr qilish bilan bogʻliq muammosi tegishli tashkilot rahbarlari orqali ijobiy hal etildi. 

Bundan tashqari sayyor qabulda farzandining oliy taʼlimdagi toʻlov shartnomasini toʻlash bilan bogʻliq murojaatlar ham tinglanib tuman tijorat banklari orqali toʻlovlar toʻlab berilishi taʼminlandi. 

Muxtasar aytganda oʻtgan yuzma-yuz muloqotlar jarayonida koʻplab yechim talab muammolar hal etildi. 

Bu esa, islohotlar islohot uchun emas balki inson omili uchun degan hayotiy gʻoyani naqadar hayotimizga chuqurroq kirayotganidan dalolatdir.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага