22 Oktabr 2021 167

Navoiy viloyati IIB PPXvaJTSB xodimlari orasida begʻaraz donorlik ishlari tashkil etildi

Viloyatimizda qon zaxiralarini yaratish maqsadida qon xizmati muassasasi bilan hamkorlikda IIB PPXvaJTSB xodimlari orasida “Ezgulik albatta qaytadi” shiori ostida begʻaraz donorlik aksiyasi tashkil etildi. 

Bunda xodimlar ixtiyoriy ravishda qon topshirishga taklif etildi. Donorlikka kelgan xodimlar, dastlab malakali umumiy amaliyot shifokori koʻrigidan oʻtdilar. Unga koʻra, 18 yoshdan 60 yoshgacha, vazni 50 kgdan yuqori, yuqumli kasallik bilan kasallanmagan, ayni vaqtda dori-darmon qabul qilmayotgan xodimlar jalb etildi. 

Bu jarayondan soʻng shifokorlar tomonidan ular isteʼmol qilishi kerak boʻlgan mahsulotlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. 

Tartib-qoidaga koʻra 2 kun dam olish belgilandi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага